2024-yilning soʻnggi oylarida 8,6 mlrd investitsiya kelishi kutilmoqda
Oʻtgan 10 oy davomida 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb etilgan. Bu natija oʻtgan yilga nisbatan 1,7 barobar koʻp. Shundan qariyb 24 milliard dollari toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalardir.
Kiritilgan investitsiyalar hisobiga 6 ming 300 ta korxona ishga tushgan, ular 30 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratgan, eksport 305 million dollarga oshgan. Eng muhimi, bularning natijasida 163 mingta yuqori daromadli ish oʻrni ochilgan.
“Noyabr-dekabr oylarida esa yana 8,6 milliard dollar investitsiya kelishi kutilmoqda“, — deyiladi xabarda.
Bunga koʻra, 8 ta tuman va shaharda investitsiya koʻrsatkichlari past boʻlgan. Ayrim tarmoqlarda oʻtgan yilga nisbatan kamaygan. Xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan baʼzi loyihalar sust bormoqda. Xususan, 17 ta loyihada loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender jarayonlari kechikkan.
Yigʻilishda investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarurligi aytildi. Yaʼni, jalb qilingan har bir dollar sanoatni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring