2024-yilning oʻtgan 7 oyida Oʻzbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

14:14 24 Avgust 2024 Iqtisodiyot
326 0

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan yetti oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt/soat yoki 4,7 foiz koʻp demakdir.

Shuningdek, respublika isteʼmolchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Mazkur koʻrsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 629,6 mln kVt/soat yoki 1,6 foiz koʻp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер