2024-yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi
YouTube’da deyarli 20 million obunachiga ega mashhur IT-blogger Markes Braunli 2024-yilning asosiy smartfonlarini tanladi. Video muallifning YouTube’dagi kanalida e’lon qilingan.
Braunli Samsung Galaxy S24 Ultra flagmanini yilning eng yaxshi telefoni deb atadi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qurilma zerikarli bo‘lib tuyulishi mumkin, chunki unda buklanadigan dizayn kabi noodatiy funksiyalar mavjud emas. "Biroq, uning ajoyib ekrani, ajoyib batareyasi, ajoyib kameralari bor", deb ta'kidladi blogger. Galaxy S24 Ultra ham eng yaxshi katta smartfon nominatsiyasida g‘olib chiqdi.
Muallif 6,1 dyuymli displeyga ega va bir qo‘lga oson sig‘adigan iPhone 16 ni eng yaxshi kichik telefon deb atadi. “Eng yaxshi kamera” nominatsiyasida iPhone 16 Pro, “Eng hamyonbop” – Nothing Phone 2a, “Eng yaxshi batareya” – Red Magic 10 Pro, “Eng yaxshi dizayn” – Huawei Mate XT deb e'lon qilindi.
Markes Braunli Google Pixel 9 Pro Fold yaratuvchilarini eng yaxshi innovatsiyalari uchun maqtadi. Muallif Google Pixel 9 Pro Fold’ni yilning asosiy yig‘ma smartfoni deb atadi. Braunli Asus Zenfone 11 Ultra-ni 2024-yildagi muvaffaqiyatsizlik deb hisobladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring