2024-yilgi “Oltin toʻp” sohibi tanladi: Messi yoki Ronaldu? Rodri intervyudan intervyuga qatnashda “charchamayapti”

10:25 22 Noyabr 2024 Sport
272 0

Rodrigo Ernandes, 2024-yilgi “Oltin toʻp” sohibi va Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni boʻlgan futbolchi, yaqinda “El Hormiguero” dasturida ishtirok etdi.

Unda u Messi va Ronaldu haqidagi fikrlarini ochiqchasiga bildirib, Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini taʼkidladi. Rodrining ushbu chiqishlari unga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli munozaralar keltirib chiqarmoqda.

Rodri Messi va Ronaldu oʻrtasidagi farqlarni ham ochiq bayon qilgan. U Messi maydonning istalgan joyida xavf tugʻdirishi, Ronalduning esa jarima maydonida xavfli ekanini aytib oʻtdi. Shuningdek, u Messi bilan oʻyinda boʻlgan hissiyotlari haqida gapirar ekan, “Messi toʻpni olganda, biror yomon narsa sodir boʻladigandek tuyulardi”, dedi.

Shu bilan birga, Rodri “Oltin toʻp” sovriniga ega boʻlganidan beri “intervyudan intervyuga oʻtib, futbolga kam eʼtibor qaratayotgani”, faqatgina munozarali mavzularni gapirib yurgani tanqid qilinmoqda.

Avvalroq, u “Real Madrid” va uning hujumchisi Vinisius haqidagi keskin fikrlari jamoatchilikda turli eʼtirozlarga sabab boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер