2024-yilda toʻqimachilik umumiy eksportning 10,6 foizini egalladi

12:39 03 Mart 2025 Iqtisodiyot
3495 0

2024-yilning yanvar dekabr oylarida qariyb 2,9 milliard AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu koʻrsatkich umumiy eksportning 10,6 foiz qismini tashkil etgan. 2023-yilda esa bu koʻrsatkich 12,5 foiz boʻlgandi.

Bunda 1 237,3 million dollarlik ip-kalava, 1 124,5 million dollarga teng tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, 292,1 million dollarlik trikotaj mato, 145,9 million dollarlik gazlamalar va 42,6 million AQSH dollariga teng paypoq eksport qilingan.

Yilda davomida umumiy ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlari qiymati 89,5 trillion soʻmga teng.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?