2024-yilda soliq toʻlovchilarga 20 trln soʻmdan ortiq QQS qaytarildi

10:40 20 Dekabr 2024 Iqtisodiyot
168 0

2024-yilning yanvar-noyabr oylari davomida 4 ming 847 ta tashkilotga jami 9 ming 665 ta ariza asosida 20 trillion 257,1 milliard soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) qaytarildi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,3% ga oshgan.

Qaytarilgan QQSning eng katta ulushi ishlab chiqarish sanoatiga toʻgʻri kelib, 13 trillion 349,5 milliard soʻmni tashkil etgan. Xizmat koʻrsatish sohasi 2 trillion 917,9 milliard soʻm bilan ikkinchi oʻrinda turadi. Savdo sohasi esa 1 trillion 143,9 milliard soʻm bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga 633,5 milliard soʻm, qurilish sohasiga 700,7 milliard soʻm, transport xizmatlariga 558,5 milliard soʻm QQS qaytarilgan. Boshqa sohalarga esa umumiy 861,4 milliard soʻm qoplab berilgan. Bu esa mamlakatda turli tarmoqlarning iqtisodiy faoliyatiga koʻmaklashishda QQS qaytarishning muhimligini koʻrsatadi.

Eng koʻp ariza va qaytarilgan summa eksportchi korxonalar hisobiga toʻgʻri keldi. Ushbu davrda 1 810 ta eksportchi korxona tomonidan berilgan 5 ming 189 ta ariza asosida 4 ming 980,1 milliard soʻm miqdorida QQS qaytarilgan. Eksportchi korxonalarga qaytarilgan summa tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Soliq qaytarish tizimining yanada rivojlanishi soliq toʻlovchilar uchun qulay muhit yaratishga, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishga hissa qoʻshadi. Soliq organlari bu jarayonni yanada shaffof va tezkor qilishga eʼtibor qaratishda davom etmoqda. Ushbu koʻrsatkichlar mamlakat iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari va qulay soliq tizimi yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligidan dalolatdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер