2024-yilda isteʼmolchilarga toʻlangan keshbek miqdori 1 trillion soʻmdan oshdi – Soliq qoʻmitasi
2024-yilda isteʼmolchilarga 1 milliard chek uchun 1 trillion soʻmdan ortiq keshbek toʻlab berilgan. Shundan 89,2 milliard soʻmi dekabr oyiga toʻgʻri keladi. Bu haqida Soliq qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng koʻp miqdori Toshkent shahriga toʻgʻri kelib, poytaxtdagi isteʼmolchilarga 2024-yil davomida 412,2 milliard soʻm toʻlab berilgan.
Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati 107,1 milliard, Samarqand viloyati 93,2 milliard, Fargʻona viloyati 75,6 milliard hamda Andijon viloyati 52 milliard soʻm bilan isteʼmolchilari koʻproq keshbekka ega boʻlgan hududga aylandi.
Respublika boʻylab eng kam keshbek toʻlangan hudud Sirdaryo viloyati boʻlib, 2024-yil davomida isteʼmolchilarga 15,5 milliard soʻm toʻlangan.
“2024-yilda mamlakat boʻylab 5 milliondan ortiq isteʼmolchilar keshbek olish uchun xarid cheklaridan foydalangan”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi suratda barcha viloyatlardagi natijalarni koʻrishingiz mumkin:

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring