2024-yil uchun gʻalla xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

14:15 19 Iyun 2024 Hujjatlar
339 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2024-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024-yilda sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan, jami 2 million 550 ming tonna bugʻdoy, jumladan, 837 ming tonna tovar bugʻdoy davlat resursi sifatida hamda 200 ming tonna urugʻlik bugʻdoy Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinishi belgilandi.

Shundan 1 million 513 ming tonna tovar bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamgʻarmaning tijorat vakilida vaqtincha saqlashga qabul qilinadi.

2024-yil gʻalla hosilidan boshlab bugʻdoyni saqlash quvvatiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni sotib olish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab joʻnatish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili hisoblanadi.

Bugʻdoyni qabul qilish va ombordan chiqarish jarayonida "d-xarid.uz” axborot tizimiga kiritiladigan moliyaviy hisob-kitoblar va maʼlumotlarning haqqoniyligiga ushbu subyekt javobgar shaxsan hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 2024-yil gʻalla hosilidan boshlab davlat resursi sifatida tovar bugʻdoyni xarid qilish jarayonida qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari tomonidan Jamgʻarmaning tijorat vakili hisob varagʻidagi debit aylanmasidan davlat resursi sifatida tovar bugʻdoyni xarid qilish jarayonida bank xizmatlari undirilmasligi ham belgilangan.

Avvalroq Surxondaryo Oʻzbekistonda birinchi boʻlib don topshirish rejasini bajarganligi haqdaxabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?