2023-yilda Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisalari oqibatida 263 nafar bola halok boʻlgan
Illyustrativ foto
2023-yilda bolalar bilan bogʻliq 1 794 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok boʻlgan.
Bu maʼlumot Ichki ishlar vazirligining 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida yigʻilishi taqdim etgan axborotida keltirildi.
Taʼkidlanishicha, avtomobil yoʻllarida yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan nazorat toʻliq va samarali oʻrnatilmaganligi sababli 2023-yilda jami 16 mln.dan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan. Shundan 13 mln.dan ortigʻi qoʻpol qoidabuzarlik hisoblanadi. 42 mingga yaqin holatda transport vositasini mast holda boshqarish aniqlangan. 300 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.
Oqibatda 9 839 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring