2021-yil 1-apreldan boshlab fuqarolardan qator hujjat va maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlanadi (roʻyxat)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi, nodavlat-notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bundan mustasno.
2021-yil 1-apreldan boshlab davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:
ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
sudlanganlik;
manzil-maʼlumot axboroti;
fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yoʻqligi;
turar joyning maydoni;
soliq qarzi bor yoki yoʻqligi;
soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi;
pensiya va nafaqa miqdori;
pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi;
b) quyidagi hujjatlarni:
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari;
kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
ish haqi va ish stajini, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtish, shuningdek ishga qabul qilish jarayonida mazkur bandda belgilangan hujjat yoki maʼlumotlarni olish zarurati mavjud boʻlganda, ularni tasdiqlangan maʼlumotlarni berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Mazkur hujjat yoki maʼlumotlarning davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish deb hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring