2-yanvar kuni havo oʻzgaruvchan boʻlib, harorat 3-8 darajagacha iliq boʻladi
“Oʻzgidromet” 1-yanvardan 8-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° sovuqqacha oʻzgarib turadi, kunduzi 1-2-yanvarda 3-8° iliq, 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha oʻzgarib turadi, kunduzi 1-yanvarda 7-12° iliq boʻladi, 2-8-yanvarda 10-15° iliqdan 3-8° iliqqacha oʻzgarib turadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° sovuqqacha oʻzgarib turadi, kunduzi 1-2-yanvarda 3-8° iliq, 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 3-4-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 2-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 3-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 4-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 5-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 8-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 2 va 4-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 2-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 3-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 4-8-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-yanvarda 3-8° iliq boʻladi, 5-8-yanvarda 8-13° iliqqacha koʻtariladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat 2 va 5-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 5-10° iliqqacha oʻzgarib turadi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 2-7° iliqqacha oʻzgarib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring