18 yil «zapret»da boʻlgan «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmi premyerasi oʻtkazildi
Bugun, 1-dekabr kuni 18 yil avval suratga olingan va baʼzi sabablar bilan toʻxtatilgan loyiha, nihoyat joriy yilda qoʻshimcha syomka qilinib, premyeraga yetib kelgan «Mahmudxo‘ja Behbudiy» badiiy filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtmoqda.
Alohida taʼkidlash kerakki, ushbu filmda suratga tushgan juda koʻpchilik aktyorlar bugun hayot emas. Ularga bu filmni ekranda, efirda koʻrish nasib etmadi.
“Juda ham qiyin ish lekin «zapret”ga tushgan kinoni saqlash, uni keraksiz matohdek otib yubormay bu kunlargacha asrab-avaylab kelgan film direktori, afsuski bugun oramizda yoʻq, Nasrullo Saʼdullayevning xizmatlari tufayli bugun biz bu filmni koʻrish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Bilasizlar, baʼzi filmlarni “brak” qilishadi, tashlab yuborishadi. lekin bu film unday boʻlmadi.
Nasrullo akani ijodiy guruhi “Oʻzbekkino”da juda koʻp u yoqdan bu yoqqa koʻchgan. Lekin hamma “Tashlab yuboring, boʻldi endi bu film kimga kerak”, desa ham mana shu yaxshi kunlar uchun asrab-avaylagan ekanlar. Afsuski Buxorodagi syomkalardan qaytib kelgandan soʻng Toshkentda vafot etdilar. Premyera kunini orzu qildilar. Biroq bugungi kunga yetib kelish ularga nasib etmadi.
Shuningdek bu fimlda juda koʻp bugun oramizda yoʻq insonlar bor", deydi kinojurnalist Shoira Raufboyeva.
Ushbu filmda bosh qahramon Behbudiy qiyofasini taniqli aktyor Faxriddin Shamsimatov ijro etgan. Kartina rejissyori Baqo Sodiqov.
Inobat AHATOVA
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring