17 yoshli sportchi qizimiz Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. U yigirma yoshgacha jahon chempioni hisoblanadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova «Parij-2024» yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash bahslarida namunali ishtirok etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining eng yosh ishtirokchilaridan biri hisoblangan Davronova Olimpiada oʻyinlaridagi debyutida «B» guruh saralash bosqichida ishtirok etib, 13.74 metr natija qayd etdi. Afsuski, bu koʻrsatkich yosh atletimizga final uchun kamlik qildi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sharifa Davronova 2006-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha yigirma yoshgacha jahon chempionatida gʻolib chiqqan.
Avvalroq, Alisher Yusupov yurtimizga uchinchi medalni olib kelgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring