15 apreldan Sirdaryoda analog teleeshittirishlar efiri to‘xtatiladi. Qolgan hududlardachi?

Joriy yilning 15 aprelidan boshlab Sirdaryo viloyatida analog teleeshittirishlar efiri to‘liq to‘xtatiladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilning 17 iyulda qabul qilingan “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2018 yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi.
Shu bois Sirdaryo viloyati aholisiga analog formatida tarqatib kelingan “O‘zbekiston” , “Yoshlar”, “Sport” va “Sirdaryo” telekanallari dasturlari 15 apreldan boshlab to‘xtatiladi hamda ushbu teledasturlarni faqatgina raqamli formatda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Raqamli teledasturlarni ko‘rish uchun eski rusumdagi televizorlarga raqamli tyuner qurilmasini ulash talab etiladi. Zamonaviy televizorlarda esa qo‘shimcha qurilmalarni ulash talab etilmaydi.
Ma’lumot uchun joriy yilning 15 yanvaridan Andijon, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlarida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatilgandi.
Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatida 15 maydan, Samarqand viloyatida 1 iyundan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 15 iyundan, Xorazm viloyatida 1 iyuldan, Toshkent shahrida 15 iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 sentyabrdan, Surxondaryo viloyatida 5 noyabrdan va Qashqadaryo viloyatida 5 dekabrdan analog teleeshittirishlar efiri to‘liq to‘xtatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring