140 ming kambagʻal oilaga shifokor biriktiriladi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda xotin-qizlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi. Bu haqda Prezident Namangandagi xalqaro forumining ochilishida aytib oʻtdi.

Xotin-qizlarga oliygohda oʻqish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul taʼlim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning oʻzida 1 million 700 ming ayol ishli boʻldi.
Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sunʼiy intellektga oʻqitiladi.
“Xotin-qizlar jamiyatning barcha boʻgʻinlarida oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish doimiy eʼtiborimiz markazida boʻladi.
Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sugʻurta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambagʻallikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”, dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda oʻtadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.
Prezidentimiz inson salomatligini muhofaza qilmay turib, uning imkoniyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarib boʻlmasligini qayd etdi.
Bu borada 140 ming kambagʻal oilaga shifokor biriktirib, ularni yiliga bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar koʻpaytirilib, kambagʻal oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash kambagʻallikka qarshi kurashda asosiy yoʻnalishlardan biri. Bu tizim tubdan isloh qilinib, ilgari 6 ta davlat tashkilotida boʻlgan vakolatlar yagona Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birlashtirildi. Qisqa muddatda har bir tuman va shaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida koʻrsatadigan “Inson” markazlari tashkil qilindi. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv ishlamoqda.
Imkoniyati cheklangan aholining kambagʻallikka tushib qolish ehtimoli yuqoriligi bois, ularni qoʻllab-quvvatlash, inklyuzivlik asosida jamiyatga integratsiya qilish boʻyicha yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Munosib mehnat sharoiti yaratilgani uchun bu yil 150 ming nogironligi bor shaxslar ishga joylashdi. Ularga hayotiy zarur tibbiy jihoz, aravacha va protezlar bepul yetkazib berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring