13-yanvar kuni baʻzi joylarda kuchli shamol esishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 13-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, choʻl hududlarda 9-14 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring