12-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 255,3 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

18:06 13 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
252 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi.

Kecha soat 18:37 da respublikamiz elektr energiyasi isteʼmoli Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba 12 ming 370 megavatt quvvat bilan rekord koʻrsatkichni qayt etdi. Oʻtgan yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 11 ming 430 megavatt boʻlgan edi.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (metan zapravkalar) 7,7 mln kubometr tabiiy gaz hamda 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 710 tonna avtobenzin, 1 ming 550 tonna dizel yoqilgʻisi qoʻyilgan boʻlib, undan 3 ming 590 tonna avtobenzin hamda 262 tonna dizel yoqilgʻisi sotilgan.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari oʻrnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublika hududlari boʻylab elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borilmoqda.

Mamlakatimiz boʻylab elektr qurilmalarda yuzaga kelgan 17 ta, gaz taʼminotida yuzaga kelgan 13 ta nosozlik bartaraf etildi.

Qishning sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu kun ishlaydigan 1 ming 691 ta maxsus brigada tashkil qilingan boʻlib, ular joylarda muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlamoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?