12 ballik tizim faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar uchun amal qiladi
12 ballik tizimda faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar hisobga olinadi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumani Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.
Anjumanda taʼkidlanishicha, koʻchadagi texnik vositalar orqali rasmiylashtirilgan dalolatnomalar ballik tizim uchun amal qilmaydi. Kelgusida kamera va radarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qoʻshib hisoblash reja qilingan.
Bundan tashqari, endilikda mast holatda mashina boshqargan shaxslarga 5 yil muddatgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil davomida haydovchilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin qoidabuzarlik sodir etilgan.
Avvalroq haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda jarima ballari hisoblanishi va jarimalar bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring