11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Poytaxtimizdagi “Chinobod plaza” sanatoriysi hududida yangi barpo etilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari majlislar zalida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ko‘p yillardan beri ushbu tizimda mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar mutasaddilari, respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan kasaba uyushma faxriylari, Federatsiya tomonidan o‘tkazilgan qator tanlovlar g‘oliblari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi ishtirokchilarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayotgan 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan qutlab, davlatimiz rahbari tomonidan uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotgan odilona siyosat va tub islohotlar natijasida yurtimizda yil sayin har sohada muntazam o‘sish ko‘rsatkichlari yuksalib borayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tarixan qisqa vaqt ichida Yangi O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni xalqaro hamjamiyat vakillari va ekspertlar ham tan olayotganini faxr bilan qayd etdi.
Ta’kidlash zarurki, mazkur jarayonlarda yurtimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, bugun Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqot tamoyillari asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash bilan birga, aholi turmush farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish yo‘nalishlarida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Sirasini aytganda, yurtimizdagi yangilanish va o‘zgarishlarda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib, islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda turli soha xodimlari manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
Tantanali tadbirda anjumanga taklif etilgan, kasaba uyushmalari tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan va soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoyi kasaba uyushma faxriylariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbirida tizim faxriylari va faollari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bugungi islohotlar hamda ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnunliklarini bayon qilishdi.
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring