“101-reys” nomli o‘zbek kinosi nima haqida bo‘ladi?
“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan joriy yilda qariyb o‘ttizga yaqin filmning yaratish ishlari boshlab yuborilgan. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, birinchi chorakda davlat buyurtmasiga asosan respublikada 11 ta badiiy va shuncha hujjatli hamda ilmiy-ommabop kartinalarni suratga olish, beshta multfilmni yaratishga kirishilgan. Shuningdek, “Zumrasha” bolalar yumoristik jurnalining ikkita to‘plami bo‘yicha ishlar boshlangan.
Ayni paytda xususiy kinostudiyalardan 30 ta badiiy, 25 ta hujjatli va 8 ta multfilm ssenariysi taqdim etilgan. Shu paytgacha badiiy kengash besh bor yig‘ilgan.
O‘zbekiston kinematografistlari uyushmasi tomonidan 19 ta kinotasma ko‘rib chiqilib, mamlakat kinoteatrlarida ularning ikkitasini namoyish etish tavsiya qilinmagan. Yana ikkita filmni yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
O‘zbek kinematografiyasida yana bir kutilayotgan film Akrom Shohnazarovning “101-reys” kartinasidir. Mazkur ijod mahsuli real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda 2001 yil 11 sentyabrida AQShda sodir etilgan terrorchilik harakati paytida mazkur mamlakat havo bo‘shlig‘ida bo‘lgan va bortida 180 kishini olib ketayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga tegishli samolyot tarixi haqida hikoya qilinadi. Yana bir tayyorlanayotgan loyiha esa “Baron - 2”dir. Bu 2016 yilda premera qilingan va katta shov-shuv bo‘lgan o‘zbek jangari filmining davomidir. O‘shanda unda xorijlik aktyorlar ham suratga tushgandi.
Yosh muxlislar uchun esa “Matizning sarguzashtlari” animatsion kinosining oltita qismi tugallandi. U uch va undan katta yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, “Kenja botir” multfilmining ikkinchi qismi suratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda har safar may oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Kann kinofestivalida O‘zbekiston filmlari ham ishtirok etadi. Ayni paytda “O‘zbekkino” O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan shu bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib borayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring