“101 reys” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi
Bugun, 1-iyun kuni Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “101 reys” kinokartinasi premyera qilinadi.
Filmda 2001-yil 11-sentyabr kuni mashʼum terakt arafasida Toshkent-Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti ekipaj aʼzolarining jasorati toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Akrom Shahnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher Toʻlaboyev, liboslar boʻyicha rassom Shahnoza Abdullajonova, rejissyor Goʻzal Yusupova, montaj ustasi Xurshid Alixoʻjayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, badiiy rahbar Erkin Aʼzam, ijrochi prodyuser Aziz Qurbonov.
Premyeradan avval soat 19:00 da taniqli kinoijodkorlar ishtirokida anʼanaviy qizil yoʻlakcha va shou tomoshalar taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring