10 ga yaqin davlat Ukrainaga harbiylar yuborishga tayyor
Bloombergʼning yozishicha, Yevropaning 10 ga yaqin davlati Rossiya–Ukraina urushi yakunlanganidan keyin Ukrainaga oʻz harbiylarini yuborishga tayyor.
Maʼlumotlarga koʻra, 19-avgust kuni Yevropa rasmiylari Buyuk Britaniya va Fransiya harbiylarini Ukrainaga yuborish rejasi, jumladan, askarlarning soni va joylashuv masalasini muhokama qilgan.
Buyuk Britaniya hukumatining maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda Yevropa harbiylari va AQSH rasmiylari oʻzaro uchrashib, xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishi va harbiy harakatlar toʻxtashi holatida xavfsizlik kuchlarini joylashtirishga tayyorgarlik koʻrishi kutilmoqda.
Qoʻllab-quvvatlash choralarining dastlabki bosqichi Ukraina qurolli kuchlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda ukrain harbiylarini tayyorlash va shaxsiy tarkibni toʻldirish koʻzda tutilgan. Bu jarayon asosan Yevropa harbiylaridan tashkil topgan koʻp millatli guruh tomonidan amalga oshiriladi. Buyuk Britaniya va Fransiya yuzlab harbiylarni yuborishi, ularning frontdan uzoq hududlarda joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Rejaning boshqa qismi AQSHning qoʻllab-quvvatlashini ham oʻz ichiga oladi. Jumladan, razvedka maʼlumotlari bilan oʻrtoqlashish, chegaralarni nazorat qilish, qurol-yarogʻ yetkazib berish va ehtimol, havo himoya vositalarini taqdim etish koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring