1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi oʻrganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Jumladan:
➖ Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi buyurtmachiligida joriy yilning 30-yanvar kuni issiq ovqat bilan taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmati yuzasidan oʻtkazilgan
432,0 mln soʻmlik;
➖ Chapqirgʻoq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 9-fevral kuni elektrodvigatel xarid qilish yuzasidan oʻtkazilgan 79,9 mln soʻmlik;
➖ Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 14-fevral kuni Txtruba va list sotib olish yuzasidan oʻtkazilgan 533,2 mln soʻmlik davlat xaridlarida
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.
Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinishi taʼminlandi.
Shuningdek, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring