Chilonzordagi mis quvur zavodida portlash sodir bo‘ldi. 6 kishi jarohat oldi

11:36 14 Iyun 2023 Jamiyat
659 0

Mis quvurlari ishlab chiqarish zavodining yuqoridan ko‘rinishi. Google Maps

14 iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani "Astrobod" ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish syexining bir qavatli bostirmasi (angar)da havo-gaz aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер