Pediatrlar oʻrtasida yagona platforma yaratish masalasi muhokama qilindi
Poytaxtimizda “Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari” mavzusida Oʻzbekiston pediatrlarining I Kongressi boʻlib oʻtdi.
Anjuman Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bolalar milliy tibbiyot markazi, Oʻzbekiston pediatrlar hamda anesteziolog-reanimatologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan sogʻliqni saqlash sohasi vakillari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar va yosh olimlar ishtirok etdi.
Tadbirning maqsadi pediatriya sohasiga yuqori texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha fikr almashish, shuningdek tadqiqotchilar va tadbirkorlarning gʻoyalarini amalga oshirish, muammolarni birgalikda hal qilishdan iborat.
Kongress davomida ming nafardan ortiq pediatr, bolalar anesteziolog va reanimatologi, neonatolog, kardiolog, jarroh, urolog, nefrolog va radiatsiya diagnostikasi mutaxassislarining ilgʻor tajribalari bilan oʻzaro tanishib borish uchun toʻlaqonli muloqot platformasini yaratish asosiy masala boʻldi.
Shuningdek, anjumanda taʼlim, fan va amaliyot integratsiyasi boʻyicha olimlar hamda amaliyotchilar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring