Ishsizlik nafaqasi miqdori qancha?

13:39 10 Aprel 2023 Jamiyat
849 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanadi.

Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:

— ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) soʻnggi 12 oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM – 920 ming soʻm)dan oz boʻlmagan miqdorda;

— ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;

— ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер