Buloqboshidagi shaharchada yangi tug‘ruqxona foydalanishga topshirildi

12:29 06 Aprel 2023 Jamiyat
494 0

Foto: Xalq so'zi

Buloqboshi tumanidagi Andijon shaharchasi tuman markazidan 15 km. olisda joylashgan. Bu uncha uzoq bo‘lmagan masofa bo‘lishi mumkin, biroq, to‘lg‘oq chog‘idagi ayol uchun qanchalar yiroq ekanligini tushunsa bo‘ladi. Shu bois shaharchaning o‘zida tug‘ruq bo‘limining tashkil etilishi aholiga bir qancha qulayliklarni yaratdi.
– Maskanda tug‘ish yoshidagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, salomatligini nazorat qilish va chaqaloqni dunyoga keltirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi mehnat faxriysi Sanobarxon Ortiqova. – 15 o‘ringa mo‘ljallangan tug‘ruqxona zamonaviy tibbiy vositalar bilan jihozlangan. Bu ham bo‘lsa inson qadriga bo‘lgan e’tibor ifodasi, deb bilaman. 
Binoni foydalanishga topshirish marosimida viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov ishtirok etib, shaharcha aholisiga qulaylik yaratish, xususan, ish bilan ta’minlash maqsadida yangi sanoat hududi tashkil etilayotganligini, buning natijasida minglab buloqboshiliklar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari ni ma’lum qildi.

Saminjon HUSANOV,
“Хalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?