Oʻzbekiston chet davlatlarga 6 oyda 368,6 mln dollarlik meva sotdi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda 2025-yil yanvar iyun oylarida chet davlatlarga 368,6 million dollarlik meva sotdi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Oʻgʻiloy Boltaboyeva maʼlum qildi.
Sotilgan mevalarning umumiy hajmi 311 ming tonnani tashkil qilgan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 43 foizga koʻp eksport amalga oshirilgan degani.
Qayd etilishicha, har yili respublikada 3,4 million tonna meva va 1,9 million tonna uzum yetishtiriladi. 2024-yilda 2,3 milliard dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan. Eksportning 1,5 milliard dollarlik qismi meva-sabzavot boʻlgan.
Joriy yil yanvar iyun oylarida meva eksportyorlari tomonidan sotilgan mevalarning 11 foizini 42,1 ming tonna boʻlgan 96,8 million dollarlik gilos, 3,6 foizini 6,7 million dollarlik olma, 3,9 foizini 10 million dollarlik olxoʻri hamda 15 foizini 41 million dollarlik oʻrik tashkil etgan.
Bundan tashqari, 2025-yilda jami boʻlib, 10 ta agrologistika markazi ishga tushirilishi belgilangan boʻlib, bugunni kunda 4 tasi foydalanishga topshirildi. Jumladan, Surxondaryo, Navoiy Samarqand va Fargʻona viloyatlarida 1 ta dan agrologistika markazlari ishga tushdi.
Avvalroq Qashqadaryoda meva-sabzavot eksporti 2 karra oshib, 62 million dollarga yetgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring