Kartoshkachilik texnikalari import bojidan ozod etiladi
Illyustrativ foto
Yil boshidan beri Qashqadaryoda meva-sabzavot eksporti 2 karra oshib, 62 million dollarga yetgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Yigʻilishda Koʻkdaladagi 6 ming gektar lalmi yerda tarvuz, viloyatning 13 ta tumanidagi 6 ming gektar ekin yerlarida pomidor yetishtirishni yoʻlga qoʻyish orqali tarvuzning yillik eksportini 30 million dollarga, pomidorni esa 5 million dollarga yetkazish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Pomidor, bodring va boshqa sabzavot urugʻlarining importi kattaligi, mahalliy sharoitga mos, unumdor va kasallikka chidamli navlar yoʻqligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Meksikadagi xalqaro gʻalla va makkajoʻxori markazi (CYMMIT) bilan hamkorlik oʻrnatib, 500 turdagi yangi nav olib kelgani maʼqullandi.
CYMMIT vakillari Qashqadaryoda gʻalla va ozuqa ekinlari boʻyicha markaz ochmoqchi. Eng muhimi, meksikalik hamkorlar oʻzining tezkor nav yaratish texnologiyasini olib kelayapti. Ushbu markaz faoliyatini rivojlantirishga 3 million dollar yoʻnaltirish topshirildi.
Bundan tashqari, kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan kartoshka yetishtirish xarajatining yarmi uchun 10 foizdan 12 oy muddatga imtiyozli kredit ajratiladi. Kartoshkachilik texnikalari import bojidan ozod etiladi, yuqori avlodli urugʻ xarid qilishda QQSning 50 foizi qaytarib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring