Prezident hamisha xalq bilan birga

Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ezgulik mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 26 ta koʻp qavatli uy bor, 6 mingdan ziyod aholi yashaydi.
Prezidentimiz mahalla vakillaridan hol-ahvol soʻradi. Nuroniylar oʻtgan sovuq kunlarda xalqimizning va davlat idoralari xizmatchilarining birligi bilan qiyinchilik ortda qoldirilganini aytishdi. Energetika va kommunal xizmatlar 24 soat davomida ishlagan, tezkor choralar koʻrib borilgan. Xususan, mahalladagi transformator ham yangilangan.
- Bu bizga saboq boʻlishi kerak. Energetikada 3-4 karra koʻproq zaxira yaratishimiz zarur. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga eʼtibor beryapmiz. U - muqobil, ishonchli va ekologik toza, - dedi davlatimiz rahbari.
Mahallalardagi ustuvor vazifa aholi bandligi va yoshlar tarbiyasi ekani taʼkidlandi. Shu bois ham bu yil yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilindi. Oʻquvchilar maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb oʻrganib chiqishi uchun sharoit yaratilmoqda. Xalqimiz bu harakatni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Nuroniylar yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring