Prezident sovgʻasi mamlakatimizning turli hududlariga joʻnatildi
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
Muhammadjon AHMADJONOV, “Xalq soʻzi Online“/Toshkent. Yangi — 2019 yil arafasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, Mehribonlik va Muruvvat uylari hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 11 nomdagi oʻquv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat qariyb 11 ming dona sovgʻa mamlakatimizning turli hududlariga joʻnatildi.
— Mazkur ayyomni hammadan ham koʻproq jajji bolajonlar intiqlik bilan kutadi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev.
— Bu bejiz emas, albatta. Negaki, koʻtarinki ruhda tashkil etiladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tuhfa etiladigan “Prezident sovgʻasi” orziqqan yuraklarni jamiyatdan mustahkam oʻrin topishga undaydi, hamisha mehr-eʼtibor ogʻushida ekanliklaridan mamnun qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring