Xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga 540 ming soʻmgacha kompensatsiya toʻlanadi

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab 2022-yil 31-dekabrga qadar labor-migration dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun – BHMning ikki baravarigacha (540 ming soʻmgacha) miqdorda kompensatsiya toʻlash belgilangan.
Bunda:
– kompensatsiya olish uchun mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro labor-migration dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari va Bandlikka koʻmaklashish markazlariga ariza bilan murojaat qiladi;
– fuqaroga kompensatsiya toʻlash asosli deb topilganda, yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya summasi fuqaro tomonidan arizada koʻrsatilgan yoʻl chiptasini sotadigan kassa yoki transport tashkilotining hisob raqamiga toʻlab beriladi.
Taʼkidlash joizki, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini mahalliy tashuvchilardan xarid qilish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring