Jizzaxda kurash boʻyicha xotira turniri boʻlib oʻtadi

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosini taʼminlash hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 13-14-may kunlari Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Markaziy stadionda kurash va belbogʻli kurash boʻyicha “Polvonlari koʻp yurt — qudratli boʻlur” shiori ostida kurash va belbogʻli kurash boʻyicha xotira turniri boʻlib oʻtadi.
Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkaziladigan mazkur xotira turnirida kurash boʻyicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg. vazn toifalarida oʻzaro kuch sinashishsa, belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg. vaznda bellashadilar. Ayollar esa kurash boʻyicha -48, -52, -57 kg. vazn toifalarida gilamga chiqishadi.
Shuningdek, har ikkala sport turi boʻyicha erkaklar mutlaq vaznda ham gʻoliblik uchun kurash tushadi. Kurash va belbogʻli kurash boʻyicha har bir vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 5 million soʻmdan, 2-oʻrin sohiblari 3 million soʻmdan, ikkita 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 1,5 million soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan kurashchilarning har biriga avtomobil, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlarga esa 30 million soʻmdan hamda 3-oʻrinni band etgan sportchilar esa 10 million soʻmdan pul mukofotlariga ega boʻlishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring