Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxona qurish uchun subsidiya beriladi

Foto: Illustrativ foto
Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022-y.) bilan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar oʻrtasida tender oʻtkaziladi.
Nizomga koʻra, DXSH toʻgʻrisidagi bitim DXSH loyihalarining reyestriga kiritilganidan soʻng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qoʻshimcha oʻrganish uchun – 10 ish kuni ichida) oʻrganib chiqib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuboradi.
Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida oʻrganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.
Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablagʻlarni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.
Maʼlumot uchun: 2022–2025-yillarda respublika boʻyicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring