«Oʻzeltexsanoat» uyushmasi huzurida Loyihalash va injiniring markazi tashkil etiladi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/aeeee96ef90899fe09fe7bf63c6c33670506.jpg)
Foto: president.uz
Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda elektrotexnika tarmogʻida izlanish va rivojlantirish (R&D) boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Bunda, tarmoq mutasaddilari va korxonalari yil yakuniga qadar:
— «Elektroapparat» (muqobil energetika va kuchlanish uskunalari boʻyicha izlanishlar), “Texnopark” (murakkab qoliplar), “Artel” (maishiy texnika yangi modellari), «Uzkabel» (yangi izolyatsiya materiallari va kabel) negizida 4 ta R&D markazini tashkil etadi;
— ushbu markazlarga malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi;
— markazlar uchun Innovatsiya jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm grantlar ajratiladi.
Moliya vazirligiga R&D markazlarini qoʻllab-quvvatlash uchun uch yil muddatga:
— mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizini toʻlash;
— ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash boʻyicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.
Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi huzurida Loyihalash va injiniring markazini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring