Pop bogʻlarida oʻrik pishdi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/3b9e62bad43d1b886a71146fc1c6e61c0506.jpg)
Foto: Халқ сўзи
Namangan viloyati Pop tumani hududida yillar davomida boʻsh yotgan dasht yerlarda yaratilgan intensiv bogʻlar nafaqat ertaki, balki eksportbop sarxil mevalar yetishtirish imkonini bermoqda. «Nuran uz» meva-sabzavotchilik klasteri tasarrufidagi bogʻlarda shu kunlarda oʻriklar tillarangga kirib, bol yiqqan.
Klaster tashkilotchilari tomonidan 4 ta quduq qazilib, 102 gektar maydonga Ispaniya davlatidan keltirilgan ertapishar, hosildor oʻrik, shaftoli, naʼmatak navlari ekilgan edi. Ular tomchilatib sugʻorish orqali parvarishlanmoqda. Koʻchatlarning aksariyati hosilga kirgan. Xuddi shunday, aprelning oxiriga kelib pishgan oʻriklar ayni paytda korxona ishchilari tomonidan yigʻishtirib olinib, hosilning asosiy qismi tashqi bozorga - Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, BAA, Koreya davlatlariga yuborilmoqda.
— Hozirda 450 nafar mavsumiy, 45 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratgan «Nuran uz» meva-sabzavotchilik klasterining istiqbolli loyihasi oʻz natijasini bera boshladi, — deydi “Namangan media” departamenti rahbari Anvar Ikromov. — Buni, jumladan, poplik mirishkorlar joriy yilda oʻrikning oʻzidan 600 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilishni rejalashtirganida ham koʻrish mumkin.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring