Oʻzbekistonda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha ishchi guruh tuzildi

06:50 28 Aprel 2022 Siyosat
1160 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida 26-aprel kuni xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojoʻya harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.

Maʼlum boʻlishicha, yigʻilishda Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalarini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh tuzildi.

Unga huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, xalqaro tajribani chuqur oʻrganish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan. Qayd etilishicha, ular keyinchalik parlament tomonidan koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?