Furqat tumanida mol goʻshti 35 ming soʻmdan sotilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyatining Furqat tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi munosabati bilan markaziy dehqon bozorida 1 kg mol goʻshti 35 ming soʻmdan sotilmoqda.
Qolaversa, tuman markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxda yetkazib berilyapti.
— Ayni paytda fermer xoʻjaligimizda Yevropadan keltirilgan 220 bosh naslli qoramol boqilmoqda, — deydi tumandagi “Ortiqali Gʻaniyev” fermer xoʻjaligi rahbari Ortiqali Gʻaniyev. — Shuningdek, xoʻjaligimizda 10 turda yaqin sut va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Furqatlik fermerlar oʻzaro kelishgan holda Ramazon hayiti bayrami kunlari dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka orqali 1 kg mol goʻshtini 30 ming soʻmdan sotishni rejalashtirmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring