6-sentyabr kuni “Afrosiyob” poyezdining harakat jadvalida bir martalik oʻzgarish boʻladi.

21:55 05 Sentyabr 2021 Jamiyat
2333 0

Navoiy — Buxoro yoʻnalishidagi temiryoʻlda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, 2021-yil 6-sentyabr kuni soat 7:28 da Toshkent — Buxoro yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik oʻzgarish boʻladi. Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ xabar berdi.

"Unga koʻra mazkur poyezd shu kuni Toshkentdan Navoiygacha harakatini amalga oshiradi. Yoʻlovchilar Navoiydan Buxorogacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.

Joriy yil 6-sentyabr kuni Buxoro — Toshkent yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdi oʻz vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poyezdlar harakat jadvalida ham oʻzgarish boʻlmaydi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin" deyiladi maʼlumotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер