Xalqaro fan olimpiadalari tugadi. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 10 ta medalga sazovor boʻldi
2021-yil 25-iyul – 2-avgust kunlari Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) dunyoning 65 davlatidan 260 nafar oʻquvchilar qatnashdi.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham munosib ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 1 ta oltin hamda 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
53-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) gʻolib boʻlgan oʻquvchilarimiz:
- Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi, oltin medal;
- Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi, bronza medal;
- Durdona Muxtorxoʻjayeva – Ibn Sino maktab-internati oʻquvchisi, bronza medal;
- Ikromiddin Boymahammadov – ibn Sino maktab-internati oʻquvchisi, bronza medal.
Shu bilan joriy yildagi eng nufuzli xalqaro olimpiadalar tugadi.
Natija - 10 ta medal: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring