Kuvaytning “JazeeraAirways” aviakompaniyasi Toshkentga yangi reysni yo'lga qo'ymoqda

18:03 28 Iyun 2021 Iqtisodiyot
837 0

Bu haqda bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, JazeeraAirways aviakompaniyasi Kuvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yoʻlga qoʻydi. 

Tadbirda Turizm va sport, transport vazirliklari, Jazeera Airways mutasaddilari ishtirok etdi.

Toshkent shahriga Kuvaytdan va Kuvaytdan Toshkentga haftasiga ikkita aviareys yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, Bishkek shahriga ham haftasiga ikki marta aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Reyslar A320neo samolyotida bajariladi. Bortda yoʻlovchilar premium-toifali joylardan birini (1-3 qatorlar) tanlashlari mumkin, olib oʻtiladigan yuk normasi 30 kg.ni tashkil qiladi.

Yangi muntazam reyslar haqida soʻz borar ekan, Jazeera Airways ijrochi direktori Roxit Ramachandran shunday dedi:

— Jazeera Yaqin Sharq tomonidan yetarlicha xizmat koʻrsatilmayotgan mamlakatlar boʻylab koʻlamini kengaytirishda davom etadi va mehnat taʼtilini rejalashtirayotgan sayyohlarning yirik koʻlamiga xizmat koʻrsatadi. Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya davom etib kelayotgani bois bu yozgi mavsumda aeroportlar sayohatlar uchun xavfsiz deya eʼtirof etilayotgan ajoyib maskanlarni taklif qilib, sekin-asta oʻz chegaralarini ochmoqda. Aviakompaniya uchuvchilari va bort kuzatuvchilari toʻliq vaksinatsiyadan oʻtishgan, shuning uchun mijozlarimiz biz bilan xavfsiz sayohat qilayotganliklariga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Joy bron qilishdan avval yoʻlovchilar mahalliy vaksinatsiya qoidalari hamda PZR testlar legalligi bilan tanishib chiqishlari lozim, shundagina ularning toʻgʻri olib borilayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.

Ushbu eʼlonga muvofiq bugunga qadar Kuvaytga kirish faqatgina Kuvayt fuqaroligi boʻlgan yoʻlovchilarga va ularning birinchi darajadagi qarindoshlariga ruxsat beriladi. Chet el pasporti egalariga 2021-yilning 1-avgustidan Kuvaytga kirishga ruxsat etiladi. Yoʻlovchilarni barcha mahalliy qoida va tartibga rioya qilishlarini taʼminlash uchun rasmiy hokimiyat tomonidan berilayotgan yangiliklarni oʻqish tavsiya etiladi.

COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri Jazeera aviakompaniyasi yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan koʻplab boshqa choralarni amalga oshirmoqda. Kengayib borayotgan AirbusA320neoaviaparki tibbiy toifali HEPA havo filtrlari bilan jihozlangan. Bugun uning samolyotlarida va Jazeeraning Kuvaytdagi T5 terminalida barcha xavfsizlik va ehtiyot choralari koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер