Sirdaryolik yigit-qizlar ham yoshlar kuni bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun boshda doʻppi bilan Toshkentga yoʻl olishdi

Sirdaryo viloyati hokimligida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtda oʻtadigan forumda qatnashadigan bir guruh yoshlarni kuzatish marosimi boʻldi.
Unda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev sirdaryolik yoshlar vakillariga oʻz ezgu tilaklarini bildirdi.
Eʼtiborlisi, bu galgi delegatsiyaning kiyinish etiketiga milliy bosh kiyimi ham kiritildi. Yaʼni ishtirokchilarning har biri boshda doʻppi bilan Toshkentga yoʻl oldi.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Gulistonda boʻlib oʻtgan “Maʼnaviyat festivali” ishtirokchilari, kuni kecha esa kasb bayramlarini nishonlagan OAV xodimlari ham ana shu aziz va qadimdan eʼzozlanib kelinayotgan, har bir kashtasiyu bezagida chuqur maʼno-mohiyat mujassam boʻlgan doʻppimizni kiygan holda tantanalarga oʻzgacha ruh bagʻishlashgan edi.
Ahmadali SHERNAZAROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring