Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yoʻnalishlar faoliyati oʻz ish tartibida davom etadi

09:55 28 Iyun 2021 Jamiyat
1040 0

Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi.

Hozirgi kunda, «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan 24 ta avtobus yoʻnalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. Ushbu yoʻnalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yoʻlovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda taʼlim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yoʻnalishlarning faoliyati oʻz ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yoʻnalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan yoʻlovchilarga oldindan maʼlumot beriladi.

Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер