Afsonaviy Oksana Chusovitinadan Jahon kubogida yana bir yorqin gʻalabaga erishdi

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Tokio-2020 litsenziati kutilganidek, tayanib sakrash yoʻnalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq koʻrildi va afsonaviy sportchimiz oltin medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash joiz, bu musobaqa sportchimiz uchun boʻlajak Olimpiada oldidan oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Unda qoʻlga kiritilgan oltin medal esa Chusovitinaning kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshishi, shubhasiz.
Jahon kubogi, Doxa.
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 14.066
2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966
3. Taman Nensi (Misr) – 13.366
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring