Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) bosh kotibi Bagʻdad Amreyev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Oʻzbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari B.Amreyevni Qoʻqon shahrida (Oʻzbekiston) Turkiy kengash turizm vazirlari yigʻilishini muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi. Tomonlar Qoʻqon shahrining Turkiy dunyoning birinchi turizm poytaxti deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va TTDHK oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari, Tashkilot faoliyatini yana-da mustahkamlashning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi hamda boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
Joriy yil 31-mart kuni Turkiston shahrida (Qozogʻiston) oʻtkazilgan davlat rahbarlarining norasmiy onlayn-sammiti chogʻida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring