“Aqlli” soatlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

21:12 25 Iyun 2021 Jamiyat
779 0

Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda tezkor tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda oldindan olingan tezkor maʼlumot boʻyicha Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Yu. tomonidan chet davlatda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari mavjud boʻlmagan umumiy qiymati 37 million soʻmlik 145 dona “smart” soatlari va boshqa tovar moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda toʻxtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер