Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslar Bishkek koʻchalarida qatnay boshladi
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslarining birinchi partiyasi Qirgʻiziston poytaxtiga yetkazib berildi.
Bishkek shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baktibek Kudaybergenov Qirgʻizistonning “Kabar” davlat axborot agentligiga Oʻzbekistondan shu kunlari jami 50 ta avtobus olib kelinishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
“Hozir Oʻzbekiston ishlab chiqarilgan ISUZU rusumidagi 21 ta avtobus olib kelindi. Qolgan 29 ta avtobus bir hafta davomida keltiriladi. Bu avtobuslar poytaxt tadbirkorlari tomonidan olib kelinmoqda. Loyiha Qirgʻiziston investitsiya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilganini taʼkidlashni istardim”,- degan B.Kudaybergenov «Kabar» AA ga bergan intervyusida. U, shuningdek, bu avtobuslar juda qulay va zamonaviy ekanini bildirgan.
“Avtobuslar poytaxt markaziga xizmat koʻrsatadigan yoʻnalishlarga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa shaharning markaziy koʻchalaridagi qatnovlarda yengillik yaratiladi”, - deydi Bishkek hokimi v.b.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring