Nukusdagi restoranda gaz va havo aralashmasidan portlash sodir boʻldi
Bugun, 12-iyun kuni ertalab soat 6:00 lar chamasida Nukus shahri S.Kamalov koʻchasida joylashgan ikki qavatli «Neo» restorani imoratida gaz va havo aralashmasidan portlash sodir boʻlgan.
Voqea joyiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus FVBdan 2 ta yongʻindan qutqarish ekipaji yetib kelgan.
— Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash binoning ikkinchi qavatidagi oshxonada sodir boʻlgan, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining OAV va JTBHQ guruhi boshligʻi, katta leytenant Aybek Abdiraxmanov. — Natijada imorat zararlangan. Mazkur voqeadan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yoʻq. Portlash sodir boʻlganida binoda qorovul boʻlgan, lekin unga jarohat yetmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi FVB, Ichki ishlar boʻlimi, Prokuratura va “Tez yordam” xizmati xodimlari yetib kelgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilib, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring