Yangi sport vaziri tayinlandi

Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi”ga vazirlikdagi manba xabar berdi.
Nabiyev bundan biroz muddat avval lavozimini tark etgan Shoakram Isroilov o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.
Dilmurod Nabiyev 2017 yilning iyunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi. Bungacha esa u 2014-2016 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari 2016-2017 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosat masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi — Hukumat qarori
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring