Yakkabogʻ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yuborgani aniqlandi

18:33 15 Dekabr 2020 Jamiyat
1714 0

Yakkabogʻ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X.R. tuman IIBga murojaat qilgan. 13-noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qatʼiy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018-yillardagi jami 3031 dona yigʻma jild ish hujjatlari yoʻqolganini maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, Yakkabogʻ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xoʻjalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J.lar tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qogʻoz yigʻuvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yigʻma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qashqadaryo viloyat IIB maʼlum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?